Light | 16:31 / 13.02.2017
45047
4 daqiqa o‘qiladi

Sayyora tubi: yerdagi eng chuqur quduqlar

Sayyoramiz tubiga tushish orzusi, xuddi insonni koinotga yuborish rejalari bilan bir xilda amalga oshmay kelmoqda. Xitoyliklar 13-asrda 1200 metrlik teshik qazishgan bo‘lsa, 30-yillarda burg‘ulash uskunalari paydo bo‘lishi bilan yevropaliklar uch kilometrlik yer tubiga qadar tushishdi, biroq bu sayyora tanasida o‘ziga xos “tirnash” bo‘ldi, xolos.

Yer tashqi qobig‘ini burg‘ulash global loyiha sifatida 60-yillarda paydo bo‘lgan. Mantiya tuzilmasi haqidagi nazariyalar alohida ma'lumotlarga tayangandir. Yer tubiga nazar solish bo‘yicha yagona imkoniyat bu o‘ta chuqur teshiklarni burg‘ulashdir. Okean tubi va yer yuzasidagi yuzlab yoriqlar olimlarning bir qancha savollariga javob berdi, biroq ular yordamida turli nazariyalarni tekshirish vaqti allaqachon o‘tdi.

 

Siljan Ring (Shvetsiya, 6800 m)
Shvetsiyadagi Silyan Ring vulqonida 80-yillarning oxirlarida shu nomdagi quduq qazildi. Olimlar aynan shu yerdan nobiologik tabiiy gaz manbasini topishga harakat qilishgan. Burg‘ulash natijasi investorlar ham, ilm-fan xodimlarining ham hafsalasini pir qildi. Sanoat qamrovlarida hech qanday gaz topilmadi.

 

Zistersdorf UT2A (Avstriya, 8553 m)
Bir necha kichik neft konlari bo‘lgan Vena neftgaz basseyni tumanida 1977 yilda Zistersdorf UT1A qudug‘i qazildi. Yerdan 7544 metr chuqurlikda chiqarish qiyin bo‘lgan gaz zaxiralari topildi, birinchi quduq esa kutilmaganda buzilib ketdi hamda OMV kompaniyasi 2-quduqni burg‘ulashga qaror qildi. Biroq bu safar hech qanday uglevodorod resurslari topilmagan.

 

Hauptbohrung (GFR, 9101 m)
Xauptborung qudug‘i Germaniyada joylashgan bo‘lib, 1990-1994 yillar davomida qazildi. 9 kilometrlik chuqurlikka ega bu quduq dunyodagi eng katta chuqurlardan biri bo‘lib, bunga burg‘ulash ma'lumotlari va ilmiy izlanishlar tufayli erishildi.

 

Baden Unit (AQSh, 9159 m)
Anadarko shahri yaqinida Lone Star kompaniyasi tomonidan qazilgan quduq. Uni 1970 yilda qazish boshlangan bo‘lib, bu ish 545 kun davomida amalga oshirildi. Bu quduq uchun hammasi bo‘lib 1,700 tonna sement va 150ta olmosli iskanalar kerak bo‘ldi. Uning umumiy qiymati esa kompaniyaga 6 million dollarga tushdi.

 

Bertha Rogers (AQSh, 9583 m)
Oklaxoma shtatidagi Anadarko neftgaz basseyni hududidagi yana bir o‘ta chuqur quduq. U 1974 yilda yaratilgan. Lone Star kompaniyasi ishchilari burg‘ulash jarayoniga 502 kun sarflashdi. Ishlar 9,5 kilometrlik chuqurlikda erib ketgan oltingugurt koniga duch kelingach, to‘xtatildi.

 

Kolskaya (Rossiya, 12 262 m)
Ginnessning rekordlar kitobiga “yer qobig‘iga inson tomonidan eng chuqur kirish” bo‘yicha kiritilgan. 1970 yilning may oyida Vilgiskoddeoayvin'yarvi ko‘lida burg‘ulash boshlanganda, quduqning chuqurligi 15 kilometr bo‘lishi taxmin qilingandi. Biroq yuqori harorat (Tselsiy bo‘yicha 230 daraja) tufayli ishlarni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan. Ayni kunlarda Kolskaya qudug‘i yopib tashlangan.

 

BD-04A (Qatar, 12 289 m)
Qatardagi Al-Shaheen neft konida 7 yil avval BD-04A geologiya-qidiruv qudug‘i qazilgandi. Shunisi diqqatga sazovorki, Maersk kompaniyasining burg‘ulash platformasi 36 kun davomida 12 kilometrlik chuqurlikka qadar tushgan.

 

OP-11 (Rossiya, 12 345 m)
2011 yilning yanvar oyida Exxon Neftegas kompaniyasi eng katta quduqni burg‘ulash ishlari yakuniga yetib qolganini xabar qildi. “Odoptu” konida joylashgan OR-11 shuningdek gorizontal chuqurlik bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi – 11,475 metr. Ishlar atigi 60 kunda tugatildi.

Mavzuga oid