Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tranzit cheklangani tufayli Rossiya ustidan shikoyat qildi
Ukraina o‘z mahsulotlarining Qozog‘iston va Qirg‘izistonga Rossiya orqali tranzit qilinishi cheklangani sababli uning ustidan Jahon savdo tashkilotiga da'vo arizasi topshirdi. Bu haqda "Kommersant" nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Ukraina iqtisodiy rivojlanishi vazirligi Rossiya hududi orqali uchinchi davlatlarga mahsulotlar yetkazib berilishi cheklanishi ishi doirasida mutaxassislar guruhini tashkil qilishni talab qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Rossiya 2016 yil 1 yanvardan Ukrainadan Qozog‘istonga, 2016 yil 1 iyuldan Qirg‘izistonga o‘z hududi orqali harakatlarni cheklagan.
Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning Qozog‘istonga eksport yetkazmalari 79 foizi va Qirg‘izistonga 95 foizi ziyon ko‘rgan.
Ushbu bahsni hal qilish jarayoni o‘tgan yili boshlangan. Biroq Ukrainada Rossiya "bugungi kunda bahsni hal qilishga tayyormas" va "tranzit sohasida noqonuniy, tahqirlovchi va iqtisodiy asoslanmagan cheklovlarning bekor qilinishi bo‘yicha choralar ko‘rmagan" deb hisoblanmoqda.
Kiyevda ta'kidlanishicha, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi deyarli uchdan birga qisqargan va ko‘rilgan ziyon 1 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
11:10 / 24.01.2026
Rossiya kechasi Kiyev va Xarkivdagi energiya obektlariga yana zarba berdi
09:42 / 24.01.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi
16:55 / 23.01.2026