Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi
Abu-Dabida AQSh vositachiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Ular 24 yanvar kuni davom ettiriladi.
Foto: REUTERS
Abu-Dabida AQShning Ukrainadagi urushni to‘xtatish rejasi bo‘yicha Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. “Bugunga muzokaralar tugadi”, — deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti ma’muriyati juma kuni, 23 yanvar kechqurun.
Abu-Dabidagi birinchi uchrashuv mavzusi urushga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan “belgilovchi omillar” bo‘lganini Ukraina tomonidan bosh muzokarachi Rustem Umerov X platformasida bildirdi. Shuningdek, gap “muzokara jarayonining keyingi mantig‘i” haqida ham ketgan.
Umerovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha uchrashuvlar 24 yanvar kuniga rejalashtirilgan. Uch davlat vakillari Rossiya qo‘shni davlatga qarshi boshlagan urush boshlanganidan beri ilk marta AQShning tinchlik rejasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.
Muzokaralar boshlanishidan sal oldin Moskva o‘zining eng yuqori talabini yana bir bor tasdiqladi: Ukraina armiyasi Donbassning butun hududidan, shu jumladan avval Rossiya nazoratida bo‘lmagan hududlardan ham chiqib ketishi kerak. AFP agentligi qayd etishicha, Ukraina buni qat’iy rad etadi.
Mavzuga oid
11:10
Rossiya kechasi Kiyev va Xarkivdagi energiya obektlariga yana zarba berdi
09:12
Germaniya Shoygu bayonotiga tayanib, Rossiyadan bo‘lgan dezertirga boshpana bermadi
08:53
Belgiya xato sabab “Tinchlik kengashi”ga Belarus o‘rniga kiritib qo‘yildi
08:31