Yaqinda özbek sirk san'atining maşhur vakili, Özbekiston va Rossiya xalq artisti, Mehnat qahramoni, Toşkenboyevlar – özbek dorbozlar sulolasi, özbek sirkining şakllanişi va milliy dorbozlik san'atining rivojiga ulkan hissa qöşgan sirk san'atkori Toşkanboy Egamberdiyev tavalludiga 150 yil töldi. Bu haqda Özbekiston Madaniyat va sport işlari vazirligi sayti yozmoqda.

Toşkanboy Egamberdiyev 1866 yilning mart oyida Farğona vodiysining Asaka qişloğida tavallud topdi.  Uning otasi – Egamberdi XIX asrning 50-yillarida Saudiya Arabistonining Makka va Madina şaharlariga haj safariga borib, aynan öşa yerda dorbozlik san'atini örgandi. Yurtiga qaytgaç, dor tikib, bu san'atni ommalaşişiga, rivojlantirişga tamal toşini qöydi, xalq orasida Hoji-dorboz nomi bilan tanildi.  

Turgan gapki, u yoniga 7 yoşli öğlini ham jalb qildi. Şu köyi, Toşkanboy faoliyatini 7 yoşidan boşlab, otasi Egamberdi hoji bilan xalq bayram va sayillarida, şahar maydonlarida dorbozlik öyinlarini namoyiş etgan. 80-yillarga kelib esa mustaqil işlagan, dorbozlik va simbozlik san'atini mukammal egallagan. 5-6 metr balandlikdagi simdor ustida 20dan ortiq maşqlar ijro etgan, jumladan, balandga yoki uzunasiga sakraş, oyoğiga piçoq, lagan, mis qozon, yoğoçoyoq boğlab yoki baland poşnali poyabzal kiyib sim ustida yuriş, boşda qaynayotgan samovar olib ötiş kabi öz davrining murakkab maşqlarini bajargan. Şuningdek, 25-30 metr balandlikda tortilgan qiya dor ustida tomoşabinlarni hayajonga soluvçi maşqlarni ijro etgan, çiğiriqda gimnastika usullarini bajargan. 

1908 yili Toşkentda uyuştirilgan Turkiston sanoat va hunarmandçilik körgazmasida qatnaşgan Toşkanboy Turkiston ölkasining eng mohir dorbozi sifatida tan olinib, faxriy yorliq, qimmatbaho tön hamda oltin medal bilan mukofotlangan. Oradan bir yil ötib esa Buxoro amiri saroyida tomoşa körsatib, amirning oltin medali bilan taqdirlangan.

Toşkanboy 1920-1930 yillarda Örta Osiyo davlat va xususiy sirklarida işlagan. 1935 yildi Sankt-Peterburg sirkida uning rahbarligi va iştirokida «Dorbozlar» milliy dasturi yaratilib, dor öyinlari ilk bor oçiq maydondan sirk gumbazi ostiga köçiriladi. Bu muhim voqea özbek dorbozlik san'atida yangi davrni boşlab berdi. Yakka ijroçi bajaradigan maşqlar bilan bir qatorda, ikki, uç va hattoki tört kişi ijro etadigan maşqlar ilk bor namoyiş etildi.