Jamiyat | 18:47 / 16.02.2017
7317
3 daqiqa o‘qiladi

«Milliy tiklanish» DP Qashqadaryo viloyat Kengashining VIII-plenumida sustkash deputatlar tanqid qilindi

Qashqadaryo don va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti majlislar zalida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashining VIII-plenumi  bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi  Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Jaloliddin Safoyev, Halq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga saylangan deputatlar, O‘zMTDP Qashqadaryo viloyat Kengashi faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. 

Plenumda  O‘zMTDP Qashqadaryo viloyat Kengashining 2016 yildagi faoliyati yakunlari va 2017 yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda deputatlik guruhlari oldida turgan muhim vazifalar muhokama etildi.

Shuningdek plenumda partiya Qashqadaryo viloyat kengashining hisobot davridagi faoliyati tahlil qilindi.

Partiya viloyat Kengashi tomonidan olib borilgan tahlillar natijasiga ko‘ra 2016 yilda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlar tomonidan 118 ta deputatlik so‘rovlari amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan ko‘payganligini ko‘rsatadi.

Fuqarolar murojaatlari asosida deputatlik so‘rovlarni amalga oshirishda Mirishkor, Kitob va Qamashi tumanlarida xalq deputatlari tuman Kengashlaridagi deputatlar bir qator ijobiy natijalarga erishgan.

Lekin G‘uzor, Chiroqchi, Muborak va Koson tumanlarida xalq deputatlari tuman Kengashlaridagi deputatlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida ancha pasayish kuzatilib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanmoqda.

Qolaversa, o‘tkazilgan tahlillar Qonun va hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan deputatlik so‘rovlarini amalga oshirishda Qarshi shahri, Qamashi va Mirishkor tumanlarida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari a'zolari tomonidan ijobiy natijalarga erishilgan.

Biroq xalq deputatlari G‘uzor, Chiroqchi, Muborak, Koson, Yakkabog‘, Shahrisabz va Dehqonobod tuman Kengashlaridagi deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan partiya faollari o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Yakunda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid