Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda uch yigit birinchi sinf o‘quvchisidan iPhone va Samsung telefonlarini tortib oldi
Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limiga 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro murojaat qilib, uch noma'lum shaxs Oydin dahasi hududida o‘g‘li - Akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning qo‘lidan iPhone va Samsung mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni shu shaharda yashovchi ikki nafar 1998 yilda tug‘ilgan va bir nafar 1996 yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat sodir etganlar qilmishiga yarasha qonun oldida javob berishi aniq, biroq ota-onalar farzandlariga qimmat (bir emas ikkita) telefonlar olib bermaganida balki jinoyat sodir bo‘lmasmidi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
21:07 / 06.04.2026
Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshladi
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
09:04 / 23.03.2026