Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay endi hammadan 10 qadam oldinda!
Dubay valiahdi Shayx Hamdon bin Muhammad DubaiX loyihasini tezlashtirishga kirishdi. Loyiha Dubayning boshqa maskanlardan o‘n yil oldinda yurishini ko‘zda tutadi. LovinDubai shu haqida xabar beradi.
"Shayx Muhammad faqatgina birinchi raqamli bo‘lish bilan kifoyalanmaydi, biz o‘n yil oldinda bo‘lishni istaymiz", - deya xabar berildi Dubay matbuot xizmatida.
Barcha davlat sub'yektlari 3 oy ichida tashabbuslar va takliflar rejasini ishlab chiqishlari talab qilinadi.

Bu tashabbus bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan Butunjahon sammitida ilgari surilgan. Unda valiahd shahzoda DubaiX loyihasini muhokama qilish uchun Dubay hukumati rahbarlari bilan uchrashgan.
"Bugun men barcha hukumat yetakchilari va xodimlarini asta-sekinlik bilan kichik o‘zgarishlar qilishga emas, balki o‘z missiyalarini bajarishda yangicha, ijodiy yondashuvlar va texnologiyalarni qamrab olishga chaqiraman. Biz ilg‘or innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida oldinda bo‘lishni istovchi yosh va g‘ayratli hukumatmiz", - dedi Dubay valiahdi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026