Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shifoxonalarga dori-darmon vositalari uchun ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 2 barobar oshiriladi
Toshkent shahar hokimligida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahrida shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi. Poytaxtda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilingani ma'lum qilindi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimovaning aytishicha, endilikda mazkur qarorga muvofiq, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalarni xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘ kamida ikki barobarga oshiriladi. Bu haqda aholiga, ayniqsa, bemorlarga aniq ma'lumot berish maqsadida shifoxonalardagi barcha palatalarga tibbiyot muassasasida mavjud dori-darmon vositalarining ro‘yxati ilib qo‘yiladi, statsionarlarda davolanayotgan bemorlarning dori-darmon sotib olib kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Toshkent shahrida tibbiy xizmatni isloh etish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar jarayonida dorixonalar faoliyatini takomillashtirish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari cheklangan narxlarda sotilishi holati ham monitoring qilib borilmoqda.
Shuningdek tez tibbiy yordam xizmatini yanada takommillashtirish maqsadida tizimga yana yigirmata zamonaviy mashina ajratildi. Tez yordam mashinalari zamonaviy aloqa tizimlari bilan jihozlandi. Bundan tashqari joriy yilda oilaviy poliklinikalarga «Damas» rusumidagi avtomashinalari ajratish rejalashtirilgan.
«Bundan maqsad tibbiy-profilaktika xizmatini yanada rivojlantirish, xonadonlarda uyushtiriladigan patronaj ko‘rigini kuchaytirish, tibbiyot muassasasiga tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy xizmatdan har bir insonning rozi bo‘lishiga erishishdan iborat», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

20:35 / 15.05.2025
Iqtisodiyot vazirligi davlat shifoxonalarida pulli xizmatlar qimmatlashayotganini rad etdi

08:18 / 01.05.2025
UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum

02:22 / 19.04.2025
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida

17:27 / 02.12.2024