2026 yil 1 apreldan Özbekistondagi davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik iş haftasiga ötdi. Bu prezidentning 2025 yil 9 noyabrdagi «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida»gi qarorida közda tutilgan.

SSV matbuot xizmati qayd etişiça, bunda şifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlaş uçun bayram va dam oliş kunlari navbatçilik asosida işlaş yölga qöyilişi közda tutilgan.

Uşbu hujjat ijrosi doirasida Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Davlat tibbiyot muassasalarida beş kunlik iş haftasini taşkil etişning vaqtinçalik tartibi tasdiqlandi.

Unga köra 2026 yil 1 apreldan:

  • tibbiyot xodimlari uçun haftalik iş vaqti 36 soatdan oşmaydi;
  • zararli va xavfli şaroitlarda işlovçilar uçun qisqartirilgan iş vaqti qöllanadi;
  • yuqori ruhiy va aqliy zöriqişli işlar uçun ham 36 soatdan oşmaydi;
  • tibbiyot xodimlari bölmaganlar uçun iş vaqti 40 soatni taşkil etadi. 

Poliklinika va oilaviy şifokorlik punktlarida iş vaqti:

  • duşanba–juma: 08:00–20:00; 
  • şanba: 08:00–14:00 (navbatçilik).

Soğliqni saqlaşning yangi modeli joriy etilgan hududlarda: 

  • asosiy iş vaqti: 08:00–16:00; 
  • qöşimça navbatçilik: 16:00–20:00. 

Navbatçilik vazirlikning 254-son buyruği asosida amalga oşiriladi. Iş haqi saqlanadi, kamaytirilmaydi. Içki hujjatlar va mehnat şartnomalari qayta rasmiylaştiriladi.

Statsionarlarda navbatçilik doimiy taşkil etiladi. Smena va navbatçilik adolatli taqsimlanadi.