Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi tibbiyot muassasalari rahbarlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi
Toshkent shahridagi tibbiy diagnostika markazlari, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Toshkent shahri hokimi tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari tegishli tuman hokimi bilan kelishilgan holda tayinlash shahar hokimi vakolatiga kiradi.
Toshkent shahri hokimiyatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing vaqtida shahar hokimi o‘rinbosari, shahar ayollar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahmonovaning ma'lum qilishicha, bu haqda O‘zbekiston prezidentining 7 fevral kuni imzolangan qarorida belgilab qo‘yilgan.
Bungacha bu huquqlar Sog‘liqni saqlash vazirligida edi.
Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonovning 17 fevraldagi qaroriga ko‘ra, endilikda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda yuqori malakali mutaxassislar, halol, pok, vijdonli, mas'uliyatli xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘riladi.
Mazkur talablar asosida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimi yaratiladi.
Ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga munosibligi har yili tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan kelishgan holda attestatsiyadan o‘tkazib baholab boriladi.
Mavzuga oid
19:00 / 04.04.2022
Surxondaryoda va Sirdaryoda fuqarolarni tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishni aytib pul olgan shifokor hamda xo‘jalik bekasi ushlandi
07:12 / 06.12.2021
Metroning barcha yo‘nalishlarida tig‘iz paytlarda oraliq intervallar qisqartiriladi
12:34 / 21.10.2021
Tibbiyot muassasalarida imtiyozli orderlar berish to‘xtatildimi? Vazir o‘rinbosari vaziyatga oydinlik kiritdi
16:52 / 12.06.2021