Bu imtiyozli order oliş uçun navbat kutayotgan bemorlarda tuşunmovçilikni keltirib çiqargan. Bunga alohida tibbiy xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalariga kiraverişda order beriş töxtatilgani haqida yozilgan e'lonlar sabab bölgan.


Kun.uz muxbiri uşbu vaziyatga oydinlik kiritiş uçun Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abdulla Azizov bilan boğlandi.
Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, navbatga oliş töxtatilmagan, balki elektron röyxat asosida order berilişi yölga qöyilgan.

“Orderga navbat faqat qoğoz variantda beriş uçun töxtatildi, ammo elektron tarzda davom etyapti. Imtiyozli order uçun tegişli tibbiyot muassasasiga borgan bemor öşa zahoti elektron tarzda röyxatga kiritişlari uçun murojaat qilişi kerak. Avval tumanlarga ajratilgan kvota bor edi – har bir tumanga 10-15 ta order ajratilar edi. Imtiyozli toifaga kiruvçi bemorlar orderni kutib ötirişardi va navbati kelganda öşa qoğozni qöliga olib kasalxonaga borar edi. Hozir bemor öşa şifoxonaga kelgandayoq röyxatga olinadi va şu zahoti jarayon boşlanadi. Tuman tibbiyot birlaşmasida kiritilgan ma'lumotlar darhol viloyat va respublika tibbiyot birlaşmalariga uzatiladi. Tegişli davlat tibbiyot muassasasida joy böşaşi bilan elektron tarzda körinadi va bemorga xabar beriladi. Ilgari joy böşagan taqdirda ham bemorning qölida order bölmasa şifoxonada davolanişning imkoni yöq edi” dedi örinbosar.
1 oktyabrdan tibbiyot muassasalarida kvota asosida order beriş tartibi bekor qilinadi
Abdulla Azizov imtiyozli orderlarning elektron tizimga ötkazilişi korrupsion holatlarning oldini olişi haqida gapirdi.
“Aholiga yuqori malakali ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişda oşkoralik, adolatlilik va şaffoflikka asoslangan tibbiy xizmatni yölga qöyiş harakatidamiz.
2021 yil 1 oktyabrdan uşbu axborot tizimi 14 ta davlat tibbiyot muassasalarida yölga qöyilgan bölsa, 2022 yil 1 yanvardan boşlab yana 13 ta davlat tibbiyot muassasalarida joriy etiladi.







