Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Tramp Rossiya bilan "bitim tuzishga" urinib ko‘radi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan terrorchilikka qarshi kurash va iqtisodiy masalalar bo‘yicha "bitim tuzishga" urinib ko‘radi, deb aytdi jurnalistlarga AQSh prezidenti matbuot kotibi Shon Spayser.
"Tramp agar Rossiya bilan bitim tuzishga erishsa, u bitimni tuzadi, agar qila olmasa, yo‘q. Biroq u harakat qilib ko‘radi. Fikrimcha, uning tadbirkor va muzokarachi sifatidagi muvaffaqiyatiga u buni qila olishidagi ijobiy belgi sifatida qarash kerak", deb aytdi Spayser.
"Agar biz IShIDga zarba berish bo‘yicha, terrorchilikka qarshi kurash, iqtisodiyot o‘sishi – umumiy iqtisodiy manfaatlar topa oladigan sohalarimizda umumiy pozitsiyalarni topa olsak, unda shunday qilamiz. Biz bu borada Rossiya bilan ishlashni davom ettiramiz", deb qo‘shimcha qildi Spayser.
"Agar bu AQSh manfaatiga to‘g‘ri kelsa, u bitimga erishadi", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Spayser.
Tramp saylovoldi kampaniyasi doirasida Rossiya bilan "til topishish" istagini bildirgandi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026