Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya iqtisodiyot universiteti rektorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori V.I.Grishinga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nomidan “Do‘stlik” ordeni tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 19-21 fevral kunlari vazir o‘rinbosari M.Karimov Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining 110 yillik yubileyida ishtirok etdi.
Yubiley tadbiri universitet rektorat binosining katta anjumanlar zalida 2017 yilning 21 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Unda universitet ilmiy kengashi a'zolari, taklif etilgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda O‘zbekiston tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi muxtor elchisi B.Ashrafxonov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Q.Abdurahmonov ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston-Rossiyaning ta'lim sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda ikki davlat oliy ta'lim muassasalari aloqalarini kengaytirishdagi hamda respublikamizning iqtisodiy va moliya sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi ulkan hissasi, shuningdek, universitet tashkil topganining 110 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “V.I.Grishinni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash haqida”gi PF-4959-sonli farmoni va tabrigi o‘qib eshittirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori V.I.Grishinga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nomidan “Do‘stlik” ordeni va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi muxtor elchisi B.Ashrafxonov va G.-V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Q.Abduraxmonov V.I.Grishinni tabriklab so‘zga chiqdilar.

Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026