Ukraina qurolli kuçlari Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlarni davom ettirmoqda. Yoqilği inqirozi mamlakatning aksar hududlarini, jumladan, poytaxt Moskvani ham qamrab olgan. «Bereg» mustaqil jurnalistlar kooperativi poytaxtdagi haydovçilar soatlab navbat kutayotgan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalaridan fotoreportaj tayyorladi.

Sönggi kunlarda zapravkalarda ulkan navbatlar hosil bölmoqda – faqat dizel taklif etiladiganlari bundan mustasno.
Ayrim avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari tasvirga olişni taqiqlaydi: «Bu maxsus obekt, s’yomkaga faqat ruxsat asosida!».
«Lukoyl»ning deyarli barça zapravkalari yoki yopiq, yoki faqat dizel sotadi. 
«Neftmagistral» zapravkalarida benzin topiladi, ammo barça turlari emas.
«Gazprom»ning faqat ayrim zapravkalari işlamoqda – ammo ularda köpinça 92-benzin yöq, yoki faqat dizel sotilmoqda.
Teboil’da benzin bor, ammo bir haydovçiga 20 litrdan ortiq benzin sotilmayapti.
Nisbatan yaxşiroq vaziyat – «Rosneft»da: uning köplab zapravkalarida benzin bor, xaridorlar 50 litrgaça benzin quydirib olişi mumkin. Ammo 92-rusumli benzin köp hollarda tugagan yoki juda kam qolgan böladi.
Ba’zida «Rosneft» zapravkalari ham kamida bir soat benzin kutib yopilmoqda.
Zapravkalar yopilganidan keyin haydovçilar navbatda turişda va benzin kutişda davom etişmoqda.

 

Haydovçilar şikoyat qilmoqda, ammo yangiliklarda poytaxtdagi benzin bilan boğliq muammolar böyiça sukut saqlaşmoqda.

 

Moskva oblastidagi yoqilği quyiş şoxobçalaridan birida «Yoqilği yöq» yozuvi
Maksim Şipenkov / EPA / Scanpix / LETA