Jamiyat | 19:32 / 22.02.2017
7378
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi

Harakatlar strategiyasida "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari"ga oid chora-tadbirlar aholi bandligini kafolatlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirishda muhim o‘rin tutadi. 

Strategiyada tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olingan. 

Bu masalalar yurtimizda "Inson manfaatlari barcha narsadan ustun" tamoyilining amalga oshirilishini ta'minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid