Jamiyat | 23:52 / 24.02.2017
13283
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada bola eng zaharli o‘rgimchak chaqishidan keyin omon qoldi

Foto: AUSTRALIAN REPTILE PARK

Avstraliyada shifokorlar dunyodagi eng zaharli o‘rgimchak hisoblanuvchi Sidney o‘rgimchagi chaqishidan bir bolaning hayotini saqlab qolishdi. 

Voqea Berkli Veyl shaharchasida yuz bergan. 10 yoshli Metyu Mitchel omborda otasiga tartib o‘rnatishda yordam berayotganda birdaniga barmog‘ida og‘riq seza boshlagan. Birozdan keyin bolada titroq boshlanib, uning og‘zidan ko‘pik kela boshlagan.

Bolaning otasi uni zudlik bilan mahalliy shifoxonaga olib borgan. U yerda bolaga zaharga qarshi dorining 12 ta inektsiyasi yuborilgan. Antidotning (zaharga qarshi dori) mumkin bo‘lgan dozasi 3 martaga oshirib yuborilgan.

GETTY IMAGES

Voqea joyida topilgan o‘rgimchak Avstraliyaning sudralib yuruvchilar bog‘iga jo‘natilgan. U yerda o‘rgimchakdagi barcha zahar bartaraf etiladi.  

Bog‘ direktorining aytishicha, bu vaziyatda Metyuning "aql bovar qilmas darajada omadi kelgan".

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid