Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishlovchi tojik muhojirlari yurtlariga o‘tgan yili qancha pul yuborgani ma'lum bo‘ldi
O‘tgan yilda Tojikiston fuqarolari Rossiyadan qariyb 2 milliard dollarni vatanlariga yuborishgan, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada bugungi kunda 870 mingdan ortiq tojik fuqarolari mehnat qiladi. “2016 yilda tojikistonlik muhojirlarning yurtlariga o‘tkazmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu respublika YaIMning uchdan biriga teng”, - deya Ushakovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA «Novosti».
Ma'lumot uchun, o‘tgan yilda Tojikiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 54,4 milliard somoniy (taxminan 7 milliard dollar)ga teng bo‘lgan.
Shu bilan birga, 2013 yildan beri Tojikiston rasmiy tuzilmalari muhojirlar tomonidan o‘tkazilayotgan pul mablag‘lari hajmi haqidagi ma'lumotni oshkor etmaydi. Tojik amaldorlarining so‘zlariga ko‘ra, bu masala siyosiy sababga ega.
Ba'zi amaldorlarning bildirishicha, respublikaga xususiy shaxslardan bo‘lgan pul o‘tkazmalarining asosini quruq mevalar eksporti tashkil etadi. Ular shu tariqa mamlakat holatini barqaror ushlab turishda mehnat muhojirlarining xizmatlarini pasaytirishga ham urinishlari mumkin.
Biroq ko‘plab oddiy insonlarning fikricha, aynan muhojirlarning musofir yurtlarda tinmay mehnat qilishi respublikani ocharchilik va buzilishdan saqlab qolmoqda.
Ba'zilar esa bu xizmatlar tufayli tojik mehnat muhojiriga “Tojikiston qahramoni” unvonini berish hamda mamlakatdagi barcha katta shaharlarda ularning haykalini o‘rnatishni taklif etishmoqda.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026