Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning Qunduz viloyatida 18 jangari yo‘q qilindi
Foto: AP
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida hukumat kuchlarining operatsiyasi davomida bir sutkada kamida 18 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi rasmiy vakili G‘ulom Hazrat Karimiyga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Hukumat kuchlari samolyotlari Dasht-a-Archa tumanida "Tolibon" radikal harakati jangarilari yashiringan joylarga bir qator zarbalar berdi. 24 fevralda boshlangan aviazarbalar oqibatida 18 gacha tolib yo‘q qilingan, yana besh jangari jarohat olgan", deb aytgan Karimiy.
"Tolibon" jangarilari bu ma'lumotga hozircha izoh berishmagan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda jangarilarning Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari – Lohar, Nangorxor, Gilmand, shimolidagi Qunduz, Jauzjon va Parvona viloyatlarida pozitsiyalari ancha mustahkamlangani kuzatilmoqda. Shu bilan birga "Tolibon"ning borgan sari ko‘proq dala qo‘mondonlari "IShID"ga vafodorlikka qasamyod keltirmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025