Sport | 21:16 / 25.02.2017
19898
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik bokschi Klichko ustidan g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytdi

O‘ta og‘ir vazn toifasida IBF talqini bo‘yicha jahon chempioni, britaniyalik bokschi Entoni Joshua 29 aprelda Londonda ukrainalik bokschi, sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoga qarshi jangda raqibini muqarrar nokaut qilishga ishonchi komilligini aytdi.  

"O‘ylashimcha, men Klichkoni nokaut qilaman. Men irimlarga ishonmayman, biroq menda bu kutilmagan tarzda yuz berishi hissi bor. Balki bu jangni yakunlovchi qandaydir javob zarbasi bo‘lar. Bu tez yuz beradi deb o‘ylamayman, axir raqibim ham tajribali va uni poylash murakkab ish. Biroq fikrimcha, men imkoniyat topaman va undan albatta foydalanaman", deb aytdi Joshua GQ britan nashriga bergan intervyusida

Bokschi, shuningdek, raqiblari deyarli mag‘lub bo‘lganda nimalarni his qilishi bilan bo‘lishdi. "Men bu vaqt hech qanday afsuslanish his qilmayman. Men kimnidir urayotganimda, hakamlar "raqibimni yo‘q qilishimga" yo‘l bermasliklari meni g‘azablantiradi. Axir bu mening ishim-ku", deb aytgan Joshua.

Jang 29 aprelda mashhur "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Jang uchun stadionning sig‘imdorligi ataylab 90 minggacha oshirilgan. Jangda WBA, IBF va IBO chempionlik kamarlari o‘ynaladi.

Mavzuga oid