Jahon | 23:04 / 25.02.2017
5480
2 daqiqa o‘qiladi

Zimbabve prezidenti o‘ziga voris tayinlamoqchi emasligini aytdi

Foto: Reuters

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe o‘ziga voris tayinlamoqchi emas, mamlakatning yangi yetakchisini tanlash hukmron partiya ixtiyorida bo‘ladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi  xabar bermoqda

"Odamlar "Prezident iste'foga ketishingdan oldin voris tanla" deb aytadilar. Bu majburlashga o‘xshab ketmayaptimi? Men partiyaga kimnidir suqishtirayotgandek emasmi? Men buni istamayman", deb aytdi bu haftada 93 yoshga to‘lgan Mugabe.

Uning aytishicha, prezident iste'foga ketadigan bo‘lsa, yangi yetakchini tanlash masalasi maxsus kongressda ko‘rilishi kerak.

"Bu kongress hal qiladigan masaladir. Biz prezident o‘z lavozimidan ketadigan bo‘lsa, maxsus kongress chaqirtirishimiz mumkin. Biroq siz keyingi saylovlarda men sizning nomzodingiz bo‘lishim kerakligini aytgansiz", deb ta'kidlab o‘tdi Mugabe.

Mugabe Zimbabveda keyingi yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi. Mamlakatning yetakchi partiyasi saylovlarda ishtirok etish uchun Mugabe nomzodini ma'qullagan.

Mugabe dunyodagi eng keksa davlat rahbari hisoblanadi. U Zimbabveni 1987 yildan beri boshqarib keladi.

Mavzuga oid