Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi öta öng "Ruminiyaliklarni birlaştiriş alyansi"dan prezidentlikka nomzod Jorjye Simionning prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi natijalarini bekor qilişni talab qilgan şikoyatini rad etdi. «Muhokama yakunlari böyiça Konstitutsiyaviy sud saylovni bekor qiliş töğrisidagi arizani asossiz deb topib, bir ovozdan rad etdi. Qaror yakuniy hisoblanadi va u Markaziy saylov byurosiga yetkaziladi», — deb xabar qildi sud matbuot xizmati 22 may, payşanba kuni qaror asoslarini keyinroq e’lon qilişga va’da berib.

«Konstitutsiyaviy sud bizning murojaatimizni rad etib, davlat töntarişini davom ettirdi. Endi faqat kuraşni davom ettiriş qoldi», — dedi Simion sud qaroriga izoh berarkan.

Saylovning birinçi bosqiçida Jorjye Simion 41 foizga yaqin, uning asosiy raqibi Buxarest meri Nikuşor Dan esa 21 foiz ovoz olgan. Ikkinçi turda Dan 54 foiz ovoz olib, ğalaba qozondi. Saylovçilarning 46 foizi qöllab-quvvatlagan Simion mağlubiyatini tan oldi va raqibini tabrikladi. Saylov natijalari e’lon qilingandan söng Telegram asosçisi Pavel Durov göyoki Fransiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Nikolya Lernerning «Ruminiyada saylov oldidan konservativ ovozlarni taqiqlaş» haqidagi iltimosini rad etganini aytdi. Rasmiy Parij bu ayblovlarni rad etdi. Şundan söng Simion saylov natijalarini bekor qiliş talabi bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etişini ma’lum qildi.

«Dekabrdagi saylovlar bekor qilinganda kuzatilgan sabablarga köra: davlat va nodavlat sub’yektlarning taşqi aralaşuvi. Bu safar dalil bor! Na Fransiya, na Moldova, na boşqa birovning boşqa davlat saylovlariga aralaşişga haqqi yöq», deb tuşuntirdi Simion.