Times: Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan keluvchi mehnat muhojirlariga viza kiritmoqchi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey hukumatga Yevropa Ittifoqidan bo‘lgan mehnat muhojirlari uchun viza cheklovlarini kiritish bo‘yicha rejani ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda The Sunday Times gazetasi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Yangi choralar kelgusida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin muhojirlar oqimini "jilovlash"da yordam berishi kerak. Bu choralar Buyuk Britaniyada ishlayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolariga ta'sir qilmaydi, biroq endi kelmoqchi bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanadi. "Eng sodda usul – bizda 5 yillik vizalar bo‘lganidir. Biz kasbiy malakalarga ega bo‘lgan va bizga kerak bo‘lgan barchaga mamnun bo‘lamiz, biroq siz ijtimoiy imtiyozlar olmaysiz va viza muddati tugagach mamlakatni tark etasiz", deb aytdi Buyuk Britaniya hukumatidagi vazirlardan biri.
Nashrning mamlakat hukumatiga yaqin manbasining aytishicha, hukumat iqtisodiyotning muhim tarmoqlarining "ishchilarga ehtiyojlarini tahlil qiluvchi mustaqil organ" yaratishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Mey Brexit detallari haqida gapirib, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Yevropa davlatlaridan immigratsiyaning nazorat qilinishi kiritilishini anglatishini aytgandi.
Mavzuga oid
19:50 / 30.10.2024
Britaniyadagi atom suvosti kemalari ishlab chiqariladigan korxonada yong‘in yuz berdi
00:23 / 30.10.2024
Londonda firibgarlar 22 tonna yuqori sifatli cheddar pishloqlarini o‘g‘irlab ketdi
23:15 / 26.10.2024
Tamaki chekuvchilar yiliga 2,5 hafta kamroq ishlaydi - tadqiqot
20:25 / 23.10.2024