Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda navbatdagi fitna: bezorilar qabristondagi qabr toshlarni buzib tashlashdi
AQShning Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi yahudiylar qabristoniga bezorilar hujum uyushtirishgan. Bu yerdagi qabrtoshlar ag‘darilgan yoki zararlangani aniqlangan, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Yakshanba, 26 fevralda qabristonga kelgan erkak politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, shunday achinarli holatga duch kelgani haqida xabar qilgan.
"Biz atrofni ko‘zdan kechirganimizda yana yuzga yaqin qabr toshlarning ag‘darilganiga guvoh bo‘ldik", — deya ma'lum qilgan politsiya vakili. Ayni vaqtda, ABC6 telekanali 500ta qabrtoshga zarar yetkazilgani haqida xabar qilgan. Huquq-tartibot idoralari ushbu jinoyatni vahshiylik holatlari deb hisoblamoqda.
Agentlikning qayd etishicha, bu so‘nggi bir hafta mobaynida sodir etilayotgan ikkinchi shu kabi jinoyatdir. Avvalroq, bezorilar Missuri shtati qabristonidagi qabr toshlarini buzib tashlashgan edi.

Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026