So‘rov: Trampning ishini rekord miqdordagi kam amerikaliklar ma'qullamoqda
NBC News / Wall Street Journal tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning ishini ma'qullash reytingi 44 foizga teng. Bu prezident va amaldagi ma'muriyat uchun rekord darajadagi past ko‘rsatkichdir.
Xabar qilinishicha, Tramp o‘z lavozimida avvalgi yetakchilarga qaraganda rekord miqdorda kam qo‘llab-quvvatlash bilan ish boshladi.
18-22 fevral kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, amerikaliklarning 48 foizi Trampning prezident sifatidagi ishini ma'qullamasliklarini ma'lum qilishgan bo‘lsa, 32 foiz kishilar uning ofisdagi birinchi oyi u bu ishni eplay olmasligini ko‘rsatgani yuzasidan fikr bildirishdi.
Ta'kidlanishicha, yangi so‘rov Trampning kongressning har ikki palatasi oldidagi chiqishidan bir necha kun avval paydo bo‘ldi. Bu an'anaviy murojaat bo‘lib, unda prezident mamlakat kelajagini qanday ko‘rayotgani haqida o‘z fikrlarini bayon etadi.
Avvalroq Tramp Rossiya bilan aloqalarini navbatdagi marta demokratlar hamda OAV “yolg‘oni” deb atagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:48
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30
AQSh Ukrainaga 425 mln dollarlik yangi yordam paketini taqdim etmoqda
19:01 / 01.11.2024
AQSh partiyalari saylov kampaniyasiga qancha pul sarflagani hisoblab chiqildi
09:50 / 01.11.2024