Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» YeChL finaliga chiqqan taqdirda ham Messi va Neymar unda o‘ynay olmasligi haqida gapirildi
UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin Brexit siyosatidan keyin Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi futbolga qanchalik zarar keltirishi haqida gapirib o‘tdi.
Bu yilgi Yevropa chempionlar ligasi finali aynan Qirollikka qarashli Uels poytaxti Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketadigan bo‘lsa, mamlakat hududiga chet el fuqarolarining kirish tartibi ham o‘zgaradi va bu bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
«Britaniya hukumati qandaydir kriminal elementlar sabab mamlakatga kirish tartibiga taqiqlar qo‘ysa, buni yomon tomoni yo‘q. Ammo tasavvur qilib ko‘ring, Messi va Neymarning sud jarayoni tugamagani uchun ular Uelsga qo‘yilmasa nima bo‘ladi?
Bunday holatda britaniyalik futbolchilar boshqa mamlakatlarga chiqsa, yoki bu hududga chet ellik futbolchilarning kirishi ma'lum sabablar bilan taqiqlansa, bu katta muammoni keltirib chiqaradi. Yevropa bo‘ylab erkin harakatda barchasi boshqacha. Brexit davom etsa, barchasi o‘zgarib ketadi», – degan Cheferin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «PSJ» futbolchisi Serj Ore ana shunday taqiq sabab «Arsenal»ga qarshi YeChL uchrashuviga (2:2) bora olmagandi.
Mavzuga oid
11:38 / 17.02.2026
«Barsa» derbida yutqazdi va peshqadamlikni boy berdi
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026