Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Toshkentga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, prezident mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakatning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta'kidladi.
Suhbat chog‘ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
S.Narishkin qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlar xavfsizligini ta'minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.
Mavzuga oid
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
07:32 / 30.06.2025
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
21:42 / 15.04.2025