Jamiyat | 09:33 / 28.02.2017
9890
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «General Li»ning katta sakrashi

Videoroliklarni joylashtirishga ixtisoslashtirilgan YouTube saytidagi Mlive kanali «General Li» — Dodge Charger avtomobilida amalga oshirilgan abjirlik harakatini joylashtirdi. Dodge Charger «Hazzardlik ahmoqlar» seriali sababli «General Li» nomini olgan. Kino qahramonning replikasi Detroytda ochilgan har yilgi Autorama avtoshousi ochilishi munosabati bilan tramplindan sakragan. 

Tryukni kaskadyor Reymond Kon amalga oshirgan. U Cobo Center ko‘rgazmalar majmuining yopiq yo‘liga o‘rnatilgan 1,5 metrlik tramplindan sakrab, politsiya ta'qibidan qochayotgan film qahramonini namoyish etgan. Biroq, avtomobil yerga anchagina qattiq tushgan. Mashina tumshug‘i bilan asfaltga urilgan. 

Shu bilan birga, haydovchi ham jabrlanmagan. Uning aytishicha, bu to‘rt g‘ildirak bilan tushishdan yaxshiroqdir. «Agar avtomobil 4 g‘ildirak bilan tushsa, haydovchi qattiq og‘riqni sezadi».

Tryukda 1969 yilda ishlab chiqilgan Dodge Charger ishtirok etgan. Unga kinodagi «General Li» kabi qayta ishlov berilgan. Xususan, oq izli zarg‘aldoq rangga bo‘yalgan va eshiklariga «01» raqami chizilgan. 

 

Mavzuga oid