Jamiyat | 08:30 / 29.10.2017
13268
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda politsiya avtomobilni olib qochgan 10 yoshli bola ortidan bir soat quvlab yurdi

Foto: Ohio Sate Highway Patrol

AQShning Klivlend shahrida (Ohayo shtati) 10 yoshli bola mashinani olib qochib, politsiyachilar bilan haqiqiy poygalar uyushtirdi. Politsiyachilarga bolakayni to‘xtatish uchun bir soat talab etildi.

Politsiyada ma'lum qilinishicha, bolakay ikkinchi marta mashina olib qochib,  politsiya  bilan "mushuk-sichqon" o‘ynamoqda. Chicago Tribune nashrining ma'lum qilishicha, bola bu galgi "poyga" vaqtida mashinani 150 km/soatgacha tezlashtirgan. 

Politsiyachilar ta'qib vaqtida bolani yo‘l o‘rtasidan chetga siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan va poyga yo‘l chekkasi bo‘ylab davom etgan.  

Politsiya mashinalaridan biri bola mashinasini qayriltirila olgan va mashina yo‘l chetidagi yo‘l belgisi ustuniga borib urilgan. Bu holat politsiyachilarga mashinani qurshab olishga imkon bergan. 

Yosh "poygachi" bir hafta avval ham onasining Dodge Charger rusumidagi mashinasini olib qochgandi. O‘shanda politsiyachilar mashinani majburiy to‘xtatish vositasini qo‘llagan holda, uchta g‘ildiragini yorib to‘xtata olishgandi. 

Ta'kidlanishicha, bolakay ishi prokuraturaga topshiriladi va u yerda bolaning ota-onasi javobgarligi, bolaning aybdorligi va ko‘riladigan chora bo‘yicha hukm chiqariladi. 

Mavzuga oid