Jahon | 23:06 / 28.02.2017
33411
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Olland nutq so‘zlayotgan vaqtda mergan o‘q uzdi

Fransiyalik politsiya mergani mamlakat prezidenti Fransua Ollandning chiqishi vaqtida tasodifan o‘q uzishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi.

Bu vaqtda janob Olland Fransiya g‘arbidagi Vilonon shahridagi temir yo‘l uchastkasi ochilishi munosabati bilan nutq so‘zlayotgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, marosim hududida bo‘lgan ofitsiant va ishchilardan biri yengil jarohat olgan.

Parisien xabarida aytilishicha, politsiyachi qurol o‘qlanganini tekshirib ko‘rayotganida bu voqea sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

«Umid qilamanki, hech qanday qo‘rqinchli ish sodir bo‘lmagan», — degan Olland o‘q ovozini eshitganida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid