Qatar poytaxti Doha şahrida stenddan öq otiş böyiça Osiyo çempionati yakunlandi. Musobaqada Özbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etib, 1 tadan oltin, kumuş va bronza medallarini qölga kiritdi.
Milliy olimpiya qömitasi ma’lumotlariga köra, ösmirlar toifasida ğolib bölgan Oxunjon Abduqodirovning natijasi alohida e’tirof etildi — u çempionatda yangi jahon rekordini örnatdi.
Şuningdek, Yaroslava Eştayeva kumuş medalga sazovor böldi. Ösmirlar örtasidagi jamoaviy bahslarda esa Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Şohrux Sadirov bronza medalini qölga kiritişdi.
Qit’a birinçiligidagi mazkur natijalar özbekistonlik merganlarning tayyorgarligi va xalqaro maydondagi raqobatbardoşligini yana bir bor tasdiqladi.

















