Jahon | 23:09 / 01.03.2017
5019
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: AP

AQSh kongressi senati ko‘pchilik ovoz bilan kongressmen Rayan Zinkeni AQSh ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar etib tayinladi.

Taxmin qilinishicha, bu haqda yaqin orada, vazir qasamyod qabul qilganda ma'lum qilinadi.

55 yoshli kongressmen "dengiz mushuklari" sifatida tanilgan AQSh harbiy-dengiz kuchlari maxsus vazifalarni bajaruvchi kuchlarining sobiq harbiysi hisoblanadi. U kongress quyi palatasining Montana shtatidan a'zosi hisoblanadi. Bungacha Zinke ushbu shtatning qonun chiqaruvchi organi tarkibiga kirgan.   

AQSh ichki ishlar vazirligi kuchishlatar bo‘lmay, federal yerlar va tabiiy zaxiralarni qazib olish masalalari bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, vazirlik amerikalik hindular, Alyaska va Gavayi orollarining tub aholisi bilan bog‘liq turli dasturlar bilan shug‘ullanadi. 

Mavzuga oid