Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning yangi ichki ishlar vaziri birinchi ish kuni ishiga ot minib keldi
Kuni-kecha AQShning yangi ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Rayan Zinke birinchi ish kuni yangi ishiga kovboy kiyimida va ot minib keldi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Zinke tvitterda o‘zining bu noodatiy harakatiga izoh berdi. Uning aytishicha, unga politsiyaning jasur zobitlari bilan bir safda turish sharafdir. "Bu o‘z ishining ustalari biz uchun hayotlarini xatarga qo‘yadilar", deb aytgan Zinke. U xabariga bir nechta suratlarini ilova qilgan.
Zinke bu antiqa ko‘rinishda Vashingtonning bir nechta mavzelarini aylanib chiqqan. Unga otliq politsiya otryadi hamrohlik qilgan.
AQSh senati Zinke nomzodini 1 martda tasdiqladi. Zinke avval kongressda eng konservativ shtat bo‘lgan Montanani bildirgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
09:30 / 11.07.2026
Toshkent markazida ot choptirgan uch nafar shaxs IIBga chaqirildi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026