Jahon | 20:58 / 01.03.2017
3184
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidentligiga nomzod Fiyon poygadan chiqishdan bosh tortdi

Fransua Fiyon ayblovlarga qaramay, Fransiya prezidentligi uchun kurashni davom ettirishi haqida ma'lum qildi.

«Men saylovdan o‘z nomzodimni olmayman. Men — nomzodman», — degan u o‘z chiqishida.

2016 yilning noyabrida Fiyon «Respublikachilar» partiyasidan prezidentlik saylovida nomzod bo‘lgandi.

U va uning xotini Penelopga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Penelopa Fiyon bilan bog‘liq mojaro u sakkiz yil davomida parlamentariy Fransua Fiyonning yordamchisi sifatida ish haqi olgani haqida xabarlar e'lon qilinganidan so‘ng avj oldi. U parlamentariylar xizmatini to‘lashga mo‘ljallangan jamg‘armalardan mablag‘ olgan. Xuddi shunday ayblovlar Fiyonning ikki farzandiga ham tegishli bo‘ldi.

Avvalroq Fransua Fiyonning rafiqasi Penelopa Fiyon qo‘lga olingani hamda qamoqqa joylashtirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fiyon — saylovoldi poygasining favoritlaridan biri. So‘rovnomalarga ko‘ra, saylovning birinchi turida katta ehtimol bilan «Milliy front» yetakchisi Marin Le Pen g‘alaba qozonadi. Ikkinchi turda esa g‘alaba Le Penning ikki asosiy raqibidan biri — Fiyon yoki Emmanuel Makronga nasib etishi taxmin qilinmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid