Xitoy uyg‘urlarga qarshi kurashda yordam so‘radi

Foto: AFP
Xitoy jahon hamjamiyatidan uyg‘ur mutaassiblariga qarshi kurashda yordam so‘radi. Xitoy TIV rahbari 1 mart kuni shunday bayonot bilan chiqqan.
«Biz Sharqiy Turkistondagi qurolli otryadlar Xitoy xavfsizligi uchun xavf tug‘dirayotgani haqida ilk marta gapirmayapmiz. Biz turkistonlik ayirmachilarga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishni istaymiz», — degan TIV vakili Gen Shuan.
IShID tomonidan uyg‘ur jangarilari qay tariqa harbiy tayyorgarlik ko‘rayotgani tasvirlangan videoni namoyish etgach, Xitoy hukumati yangi aksilterror choralarni e'lon qildi. IShIDning Iroqdagi bo‘limi bir yarim soatlik video tayyorlagan, unda uyg‘ur jangarilarining harbiy mashg‘ulotlari tasvirlangan, shuningdek, Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududi manzaralari keltirilgandi.
Rasmiy Pekin Suriya va Iroqqa IShID safida jang qilish uchun ketgan uyg‘urlarning Xitoyga qaytishidan xavfsiramoqda. O‘tgan vaqtlar ichida Xitoyning g‘arbida uyg‘urlar va xanlar o‘rtasidagi nizolar tufayli minglab kishilar halok bo‘lgan. Hukumat bu to‘qnashuvlar uchun IShIDni ayblagan.
Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududida mustaqil Sharqiy Turkiston davlatini tuzishni rejalashtirgan radikal kuchlar harakatlanadi. 1990 yildan buyon Pekin bu kuchlarga qarshi kurash olib boradi, bu ziddiyat tufayli bir necha yuz kishi halok bo‘lgan.
Uyg‘urlarning ko‘pchilik qismi hukumatning zug‘umlaridan shikoyat qilib keladi. Xitoyda uyg‘urlar armiya xizmatiga chaqirilmaydi va politsiyada ishlashiga imkon berilmaydi. Uyg‘urlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududi aholisining 72 foizini tashkil qiladi, bu hududda xanlar ulushi 26 foizga yaqinni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini G‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 20:25
-
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
Jahon | 20:18
-
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi
Jahon | 20:04
-
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
Jahon | 19:54
Mavzuga oid

19:14 / 28.03.2024
Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom regioni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi

22:21 / 07.10.2022
Uyg‘urlar masalasini muhokama qilishni 17 ta davlat yoqladi, 19 ta davlat qarshi chiqdi

19:49 / 07.10.2022
Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan jinoyatlarni tekshirishga 19 davlat qarshi chiqdi

08:38 / 01.09.2022