BMT Şinjondagi qonunbuzarliklar haqida hisobot e’lon qildi
|13:38 / 01.09.202212 0524 min
BMT IHOKB hisobotida Xitoyning uyğurlar va boşqa musulmon ozçiliklarning huquqlarini poymol qilişi bayon qilingan, ammo genotsid haqida söz yuritilmagan.
Foto: APFoto: AP
Birlaşgan millatlar taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi (IHOKB) Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonidagi (ŞUAR) huquqbuzarliklar haqida uzoq kutilgan hisobotini e’lon qildi. Hujjatda mintaqadagi uyğurlar va boşqa musulmon ozçiliklar huquqlarining bir qator buzilişi tafsilotlari bayon etilgan, ammo AQŞ va boşqa davlatlar tomonidan aytilgan ayblov - genotsid haqida söz yuritilmagan, deb xabar berdi 1 sentabr, payşanba kuni AFP.
«Uyğurlar va boşqa asosan musulmonlar guruhlarining özboşimçalik va kamsitiş asosida hibsga olinişi... xalqaro jinoyatlar, xususan, insoniyatga qarşi jinoyatlar bölişi mumkin», deyiladi hisobotda.
Mişel Baçelet / Foto: GETTY IMAGES
«Men hisobotni vakolatim tugaguniga qadar e’lon qilişimni aytgandim va şunday qildim», - dedi inson huquqlari böyiça oliy komissar Mişel Baçelet. Uning sözlariga köra, «bir qator davlatlar tomonidan inson huquqlari bilan boğliq jiddiy muammolarni siyosiylaştiriş vaziyatni yaxşilaşga yordam bermadi».
«Hukumatning terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş strategiyasi kontekstida ŞUARda inson huquqlarining jiddiy buzilişiga yöl qöyilgan», deb ta’kidladi hisobot tuzuvçilari. Unda «Kasb-hunar ta’limi va tayyorlov markazlari» deb atalgan joylarda saqlanuvçi şaxslarga nisbatan munosabatdan xavotir bildirilgan.
«Qiynoqlar yoki şafqatsiz munosabat holatlari, jumladan, majburiy davolaş va qamoqda saqlaşning yomon şaroitlari haqidagi xabarlar, jinsiy va gender zöravonlikning alohida holatlari haqidagi da’volar kabi işonçlidir», deb davom etgan hisobot mualliflari.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, 2017-2019 yillar oraliğida maxsus markazlarda uşlab turilganlar soni «juda köp edi hamda uyğurlar va boşqa asosan musulmon ozçiliklarning muhim qismini taşkil etgan». Mutaxassislar Xitoyni hududdagi ayollarni majburiy sterilizatsiya qiliş amaliyotida ham aybladi.
Bir qator nohukumat taşkilotlar, jumladan Human Righs Watch (HRW) va Amnesty International bu hisobot Pekin böyiça keyingi harakatlar uçun boşlanğiç nuqta bölişi kerakligini aytgan.
Xitoyning Jyenevada joylaşgan BMTdagi doimiy vakolatxonasi hisobotni qoraladi va uning naşr etilişiga keskin qarşi çiqdi. Xitoylik diplomatlar «Xitoyga qarşi kuçlar tomonidan töqib çiqarilgan dezinformatsiya va yolğon kampaniyasi» hamda Xitoyning içki işlariga aralaşiş haqida gapirdi.
Mavzuga oid
May oyida Pekinga taşrif buyurgan komissar inson huquqlari taşkilotlari, xususan, HRW, şuningdek, bir qator Ğarb davlatlari, jumladan, AQŞ tomonidan Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan özaro munosabatlarni örnatişda öta yumşoq va sodda bölgani uçun tanqid qilindi. HRW bu bahorgi taşrifni falokatli deb baholadi.
Oradan köp ötmay, Mişel Baçelet şaxsiy sabablarga köra ikkinçi muddatga nomzodini qöymasligini e’lon qildi, biroq ketiş oldidan ŞUAR böyiça hisobot e’lon qilişga va’da berdi.
Baçelet 2018 yilda IHOKB rahbari lavozimini egallagan. Bungaça komissar ilgari Çili prezidenti lavozimida işlagan. Hisobotni tayyorlaşga Xitoyning keskin qarşiliklari fonida deyarli bir yil vaqt ketdi.