Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Iroq fuqarolarining AQShga kirishiga ruxsat berishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning yangi muhojirlik farmonida Iroq AQSh hududiga fuqarolari kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatidan olib tashlanadi. Bu haqda Associated Press amerikalik to‘rt nafar amaldorga asosan xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Oq uy bunday qarorni Pentagon va Davlat departamenti tomonidan bo‘layotgan bosim tufayli qabul qilishi mumkin. Ular Tramp va uning maslahatchilarini Iroqni “qora” ro‘yxatga kiritish masalasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirishdi. Idoralarning bildirishicha, Iroq IShID terrorchilik guruhi bilan kurashda juda muhimdir.
Shu bilan birgav, AP’ning yozishicha, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yamandan bo‘lgan fuqarolarning AQSh hududiga 90 kun davomida kiritmaslik haqidagi taqiq o‘z kuchida qoladi. Tramp yangi farmonga chorshanba, 1 mart kuni imzo chekishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Tramp yanvar oyi oxirlarida AQSh hududiga qochqinlarning kirishini 120 kunga cheklovchi hamda mamlakatga aholisi asosan musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar – Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yaman fuqarolarini 90 kun davomida kiritmaslik haqidagi farmonga imzo chekkandi. Taqiqlov federal sud tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, ma'muriyat esa bu taqiqni apellyatsiya sudida qayta ko‘rib chiqishlariga urindi, biroq rad javobini oldi. Yakunda Amerika yetakchisi farmonning yangilangan nusxasi ustida ish boshladi.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026