O‘zbekiston | 12:01 / 01.03.2017
25362
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» yangi ko‘rinishdagi Matiz ishlab chiqarilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati  GM Uzbekistan AJ tomonidan yangi ko‘rinishdagi Matiz avtomobili ishlab chiqarilmaganini ma'lum qildi. Kompaniya bu orqali Matiz’ning yangi qiyofasi haqida tarqalgan mish-mishlar bo‘yicha raddiya berdi, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shu bo‘yicha foto-materiallar tarqalayotgandi.

«GM Uzbekistan AJ jamoatchilikka shuni ma'lum qiladiki, chiqarilayotgan mahsulotlar, o‘tkazilayotgan aksiyalar va boshqa tadbirlar haqidagi ishonchli axborot faqat www.gmuzbekistan.uz va www.uzavtosanoat.uz rasmiy saytlarida, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifada e'lon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalarda tarqatiladigan xabarlar va ma'lumotlar norasmiydir va GM Uzbekistan faoliyatiga aloqador emas», — deyilgan kompaniya xabarida.

Mavzuga oid

E`lonlar