UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillarini işlab çiqarişni töxtatişni rejalaştirmayapti. Bu haqda «Özavtosanoat» matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

«Damas va Labo modellarini işlab çiqarişni töxtatiş ayni paytda körib çiqilmayapti. Mahsulotlar qatorida özgarişlar bölsa, rasmiy sahifalarimizda oldindan xabar beramiz», - deyiladi kompaniya izohida.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda Damas işlab çiqariş 1996 yilning mart oyidan boşlangan. 2006 yildan avtomobilning yangilangan versiyasi taqdim etildi. 2014 yildan esa işlab çiqariş Andijondan Xorazm viloyatiga köçirildi. Mamlakatda 2023 yilda 89,1 ming dona, 2024 yilda esa 101,9 ming dona Damas işlab çiqarilgan.

Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Tuproqqal’adagi Damas va Labo zavodida 100 mln dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil işlab çiqariş boşlanişini aytgandi. Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob berişi va 7 örindiqqa ega bölişi qöşimça qilingandi.

Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda Srumköduye N400 yoki Wuling avtomobillarini işlab çiqariş boşlanişi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. «Özavtosanoat» matbuot xizmati mazkur miş-mişlarga ham aniqlik kiritdi.

«Yangi model iste’molçilarning istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi. Ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalaniş şaroitlariga mosligi, işonçliligi va qulayligi böyiça potensial avtomobil modellari örganilyapti», deyiladi kompaniya izohida.