Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamdagi Samsung zavodida ommaviy tartibsizliklar yuz berdi
Samsung’ning Vetnamdagi zavodida ommaviy tartibsizliklar yuz berdi, deb xabar bermoqda VnExpress mahalliy nashri.
Voqea Baknin viloyatidagi Samsung Display zavodida yuz bergan. Nashrning guvohlarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, tartibsizliklarga zavod xodimlari bilan qo‘riqchilar o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan. Janjal sababli zavodda bir necha yuzlab ishchilar ishtirokida tartibsizliklar boshlangan.
"Qo‘riqchilar ishchini o‘zlarining xonalariga itarib kirgazishgan va u yerda mushtlashuv boshlangan. Boshqa ishchilar bundan g‘azablanib, qo‘riqchilarni quvlay ketishgan", deb aytgan guvohlardan biri. Janjalning asl sababi nimaligi hozircha noma'lum.

Nashrning ma'lum qilishicha, politsiya ikki soat ichida binodan barcha ishchilarni olib chiqqan, biroq u yerda yana nizolar chiqishi ehtimoliga 10 dan ko‘proq politsiyachi qolgan.
Samsung’ning Vetnamdagi bo‘limi vakillari hech qanday nizo bo‘lmaganini aytishgan.

"Bu qurilish maydonchasidagi xavfsizlik tekshiruvi kutilgandan ko‘proq vaqt olgani sababli qo‘riqchilar va quruvchilar o‘rtasidagi tushunmovchilik bo‘lgan", deb aytgan manba. Manbaning aytishicha, bir qo‘riqchi jabrlangan, qolganlarga hech narsa qilmagan.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026