Putin va Poroshenko telefon orqali bir necha marta muloqot o‘tkazgan
Rossiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin hamda Petro Poroshenko telefon orqali gaplashganini tasdiqladi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilarning suhbatida Avdeyevkada o‘t ochishni to‘xtatish masalasi muhokama etilmagan.
«Avdeyevkada o‘t ochishni to‘xtatish masalasi muhokama qilinmagan. Vaziyat taranglashgan vaqtda tomonlar o‘zaro fikr almashishdi va o‘z tashvishlarini bildirishdi. Men faqat bir gapni tasdiqlashim mumkin: rostdan ham ikki prezident o‘rtasida ishchi telefon muloqotlari bo‘lib o‘tgan», — degan Peskov.
U bunday telefon muloqotlari «bir necha marta» o‘tkazilgani haqida ma'lum qilgan.
Shu bilan birga Peskov «boshqa jihatlar»ni ma'lum qila olmasligini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
17:28 / 11.06.2019
Zelenskiy Poroshenkoning bir nechta farmonini bekor qildi
19:10 / 09.06.2019
Poroshenko Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi
18:57 / 27.05.2019
Ukrainada Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
18:10 / 21.05.2019