Ukraina davlat tergov byurosi Pyotr Poroşenkoning davlatga ehtimoliy xiyonati yuzasidan jinoyat işi qözğatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Davlat byurosining bildirişiça, gap 2018 yil 25 noyabrdagi voqealar, ya'ni Ukraina harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli kemalar Kerç körfaziga kirganligi holati töğrisida bormoqda.
Mazkur holat böyiça arizani Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç ma'muriyati boşliğining sobiq örinbosari Andrey Portnov bergan. Portnovning bildirişiça, Poroşenko davlat rahbari lavozimida bölgan çoğida mamlakatda harbiy holatni joriy etiş uçun ukrain dengizçilarini qurbon qilgan va ularni Kerç körfaziga yuborib davlatga xiyonat qilgan.
2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uçta kemasi Rossiya çegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.
Çegaraçilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bölgan.

















