Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tiriklayin ko‘milgan 67 yoshli irland tobutdan jonli translyatsiya olib bormoqda
Sharqiy Belfastda yashovchi Jon Edvards giyohvandlik va depressiyadan aziyat chekuvchi kishilarga muhim xabarni yetkazish maqsadida "o‘zini tiriklayin dafn qildirdi". Bu haqida "Layf" nashrida xabar berildi.
Hozirda "tiriklayin ko‘milgan" tobutdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib bormoqda va giyohvand moddalarga moyillik hamda suiqasd haqidagi fikrlardan xalos bo‘lishni istayotganlar uchun maslahatlar bermoqda. Uning aksiyasi uch kun davom etadi: bu vaqt ichida Jon butun dunyodagi yordamga muhtoj kishilardan qo‘ng‘iroqlar qabul qiladi va xatlar o‘qiydi.
Jonning o‘zi ham o‘tmishda giyohvand moddalarga tobe'lik bilan kurashgan. Uning giyohvand moddalarsiz hayot kechirayotganiga 25 yil bo‘ldi. Shuningdek Jon giyohvand moddalarga qaramlik va depressiyadan aziyat chekuvchi kishilar uchun xayriya fondini tashkil qildi.

Mazkur uch kunlik aksiya shu ikki muammoga ko‘proq e'tibor qaratishga yo‘naltirilgan. Jon joylashgan tobut maxsus jihozlangan: u barcha zarur elektr uskunalari va internet bilan ta'minlangan.

Jon 1 mart kuni Uilloufild cherkovida "dafn qilingan". Uning translyatsiyasini #GraveChat tegi orqali ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid
15:14 / 05.01.2026
Bektemirda ko‘prikdan sakramoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
17:45 / 26.10.2025