Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston-Xitoy» do‘stlik jamiyatiga ijrochi direktorlar saylandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi hamda mutasaddi idoralar vakillari bilan birgalikda «O‘zbekiston-Xitoy» do‘stlik jamiyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda jamiyatning 2016 yildagi faoliyati yakunlari hamda tashkiliy masalalar, shu jumladan, «O‘zbekiston-Xitoy» do‘stlik jamiyatining a'zolari, rayosati, boshqaruv va taftish komissiyasi tarkibi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri R.S.Kasimov «O‘zbekiston-Xitoy» do‘stlik jamiyatining raisi, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori A.R.Maraximov, jamiyat raisining o‘rinbosari hamda Termiz davlat universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori O.B.Sattarov jamiyat ijrochi direktorlari etib saylandi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa turli sohalarni yanada rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi istiqbolli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026