Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi maktablardan biri musulmonlarga sinf xonalarida ibodat qilishni taqiqladi
Germaniyadagi maktablardan birida sinf xonalarida musulmonlarning ibodat qilishi taqiqlandi. Bu haqdagi qaror Shimoliy Reyn yeridagi Vuppertal shahridagi maktablardan birida qabul qilingan, deb xabar berdi Britaniyaning The Daily Mail nashri.
- Vuppertal shahrining g‘arbida joylashgan Yoxannesa Rau gimnaziyasi mudiri bolalar va boshqa xodimlar musulmonlar sinf xonalari hamda boshqa jamoat joylarida joynamozlarni qo‘yishlaridan tashvishda ekanini ma'lum qildi, - deb yozadi gazeta. – Shuningdek, u tahorat olish kabi holatlardan o‘zini noqulay his etishini aytib o‘tdi.
Germaniyada 350 ming aholiga ega Vuppertal islom diniga mansub insonlarning ko‘payib borayotgani bilan mashhur. 2014 yilning sentabrida bu yerdagi ko‘chalarda “shariat politsiyasi” paydo bo‘ldi, u salafiylar mahalliy jamoati tomonidan tashkil etilgan. Undan uch oy avval esa mahalliy yahudiylar ibodatxonasiga Molotov kokteyllari yordamida hujum qilingan.