Jamiyat | 18:21 / 03.03.2017
6926
2 daqiqa o‘qiladi

Orolbo‘yining ekologik holati yomon hududlariga 100 tonna gumanitar yuk yetkazildi

2017 yilning 2 mart kuni «Nestle O‘zbekiston» QK «Sog‘lom avlod uchun» Xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda Orolbo‘yining ekologik holati yomon bo‘lgan tumanlarda yashovchi aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha aksiya o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz’ga «Nestle O‘zbekiston» vakillari xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, 2017 yining 2 martida hajmi 100 tonna bo‘lgan gumanitar yuk Nukusga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ko‘magida yetkazildi.

Qo‘shma aksiya Jamg‘arma tashabbusi bilan o‘tkazildi, u Kompaniyaga o‘z xayriya missiyasini qo‘llab-quvvatlash haqida iltimos bilan murojaat qilgan.

«Nestle O‘zbekiston» QK Jamg‘arma murojaatini ko‘rib chiqib, 100 tonna Nestlé Pure Life® 1.5 L gazlanmagan suvini bepul taqdim etishga qaror qildi. Shuningdek «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ham xayriya missiyasini qo‘llab-quvvatlash haqida qaror qabul qildi va yukni «Nestle O‘zbekiston»ning To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati)dagi omborxonasidan Nukusga bepul yetkazib berdi.

Suvlar bolalar bog‘chalari, mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan internat va maktablarga, shuningdek Orolbo‘yining ekologik holati yomon bo‘lgan tumanlarida joylashgan mahallalarga yetkazib beriladi.

Mavzuga oid