Innovatsion rivojlaniş vazirligi delegatsiyasi Birlaşgan Arab Amirliklarida (BAA) amaliy taşrif bilan böldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

BAA Innovatsiyalar markazi vakillari joriy yil oktyabr oyida ötkaziladigan Innoweek.uz – 2022 innovatsiyalar haftaligiga taklif etildi. Mazkur haftalik doirasida ikki tomonlama hamkorlik şartnomalar imzolanişi kutilmoqda.

Özbekiston delegatsiyasi a’zolari Dubai Future Lab –  kelajak laboratoriyasida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan taniştirildi. Uçraşuv çoğida robototexnika va boşqa texnologiyalarga qiziquvçi yoşlarni qisqa muddatli malaka oşiriş va tanişuv dasturlariga yuboriş masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro biotuz qişloq xöjaligi markazi (ICBA) boş direktori Tarifa Al-Zaabi bilan ötkazilgan uçraşuvda qiymati 5,1 million dollar miqdoriga teng “Orolböyida qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş dasturi” ijrosi muhokama qilindi.

Tomonlar Orolböyi hududida qurğoqçilik va suvsizlikka çidamli ösimlik navlarini yetiştiriş va ulardan qişloq xöjaligida foydalaniş böyiça qöşma izlanişlarni taşkil etiş, loyihani hamkorlikda moliyalaştiriş imkoniyatlarini örganib çiqişga kelişib oldi.