Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston aholisi mart oyining deyarli yarmini dam olish bilan o‘tkazadi
Tojikiston aholisi mart oyida dam olish kunlari hamda Onalar kuni va Navro‘z bayramlari munosabati bilan 13 kun dam oladi.
Tojikistonning "Bayram kunlari to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra, agar dam olish kuniga ega rasmiy bayram shanba yoki yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda bayramdan keyingi ish kuni ham dam olish kuni hisoblanadi. Bu haqda Tojikistonning mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasida ma'lum qilindi.
Tojikistonda joriy mart oyida rasmiy bayramlar dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Shu tariqa, Tojikiston aholisi 4, 5 (dam olish kunlari), 8 (Onalar kuni), 11, 12, 18, 19 (dam olish kunlari), 21, 22, 23, 24 (Navro‘z) va 25, 26 mart kunlari hordiq chiqarishadi.
Tojikistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan 21, 22, 23, 24 mart kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
Bu yili Tojikistonda Navro‘zning bosh tantanalari Tursunzoda shahrida o‘tkaziladi.
Tojikistonda Navro‘z xalqaro bayrami madaniy dasturida qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Afg‘oniston va Erondan vakillar ishtirok etishadi. Jumladan, O‘zbekistondan katta delegatsiya kutilmoqda. Tursunzoda shahri hokimining aytishicha, bu delegatsiya tarkibida O‘zbekistonning viloyatlari va shaharlari rahbarlari, san'atkorlari va tadbirkorlari bo‘lishi ehtimoli bor.

Avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2017 yilgi Navro‘z bayramining emblemasini tasdiqlagandi. Uning buyrug‘iga ko‘ra, Navro‘z kunlari mamlakat bo‘ylab binolar, zallarni bezashda shu emblemadan foydalaniladi.
Rahmon, shuningdek, Dushanbe hokimi Rustam Rahmonga Navro‘zni munosib kutib olishni va poytaxtni mehmonlar kelishiga tayyorlashni buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yilda Navro‘z YuNeSKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgandi. Shundan beri 21 mart Navro‘z xalqaro kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Mavzuga oid
16:21 / 27.04.2026
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15 / 21.03.2026