Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi Özbekistonga safarini boşladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taşqi işlar vazirligi hamkorligida Turkiya tomoni bilan muzokaralar olib borilib, Hatay viloyati delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini 20-24 mart kunlari taşkil etişga kelişilgan. Kelişuv doirasida Hatay viloyati hokimi örinbosari Mehmet Tural boşçiligida 200 ga yaqin hatayliklardan iborat delegatsiya Andijonga keldi.

Mehmonlar aeroportda tantanali kutib olingan. Ular viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov bilan birgalikda Bobur şahrida bölib ötgan Navröz bayramida iştirok etgan. Şuningdek, ularni hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, tarixiy-madaniy obidalari bilan taniştiriş közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, özbek xalqining zilziladan jabr körgan qardoş turk xalqiga yordami ölaroq Turkiyaning Hatay viloyatida qurilgan “Özbekiston” turar joy majmuasini yanvar oyi oxirida ikki davlat prezidentlari tantanali tarzda oçib berişgandi. Öşanda prezident Şavkat Mirziyoyev Hatay aholisini Navröz bayramida Özbekistonga 5 kunga olib kelişni va Andijon-Samarqand-Xiva yönalişida sayohat qildirişni taklif etgandi.