Toshkent viloyatida merosni rasmiylashtirish evaziga pora talab qilgan notarius ayol 5 yilga qamaldi
Toshkent viloyatining tumanlaridan birida katta notarius bo‘lib ishlab kelgan Xolida Yunusova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) kasb sir-asrorlarini yaxshi biladigan bilimli ayol edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Biroq uning oldiga fuqaro Sh.Alibekov meros bo‘yicha murojaat qilib kelganida, qonunchilik talablarini tushuntirish o‘rniga, vaziyatdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida “unumli” foydalanib qolishni ko‘zladi. Murojaat etgan fuqarolarga turli vajlarni keltirib, oldiga qayta va qayta kelishga undadi.
Bu orada Sh.Alibekov tomonidan barcha kerakli hujjatlar taqdim etiladi. Ammo notarius merosni rasmiylashtirish va uni tezlatib berish uchun Sh.Alibekovdan 200 AQSh dollari berishini talab qiladi. Noiloj qolgan Sh.Alibekov notariusni bir amallab 100 AQSh dollariga ko‘ndiradi.
Buncha mablag‘ni topishga imkoni bo‘lmagan, qolaversa, barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgan Sh.Alibekov notariusning tamagirligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda katta notarius Xolida Yunusova Sh.Alibekovdan 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Sud Xolida Yunusovani ma'lum muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024
Toshkentdagi avtobusga noma’lum shaxslar salon ayol va erkaklar uchun ajratilgani haqidagi posterni yopishtirib ketdi
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024