Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT 2016 yil oxiridan buyon Donbassda qurbonlar soni 2 barobar o‘sganini ma'lum qildi
Foto: AP
BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirish markazish o‘z hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra 2017 yilning dastlabki ikki oyida Ukraina sharqidagi qurolli mojarolar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2016 yilning dekabr oyidagiga taqqoslaganda ikki barobar ortgan.
Hisobotda aytilishicha, Donbassda 2017 yil boshidan buyon tinch aholi vakillaridan 111 kishi jabrlangan (20 kishi halok bo‘lib, 91 kishi yaralangan). 2016 yilning noyabr-dekabr oylarida bu ko‘rsatkich 51 nafarni tashkil qilgandi.
Hujjatda qayd etilishicha, kishilarning halok bo‘lishi artilleriya zarbalari berilishi va tanklardan o‘t ochilishi oqibatida ro‘y bermoqda.
Bundan tashqari, 2014 yilda Donetsk va Lugansk viloyatlarida boshlangan harbiy nizo davomida buyon hududda 2000 ming nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani va 7000 mingga yaqin kishi yaralangani qayd etib o‘tilgan.
«Bu boshqarmada mavjud ma'lumotlar asosidagi hisobot. Qurbonlar soni aslida ko‘proq bo‘lishi ham mumkin», — deyilgan hisobotda.
Mavzuga oid
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
15:27 / 14.01.2026
BMT: 2025 yil Ukrainada tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
23:29 / 08.01.2026